“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi delegatsiyasi Pokistondagi “Herbion” korxonasining ishlab chiqarish maydonlariga tashrif buyurdi.

11.06.2024 1325

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi delegatsiyasi Pokistondagi “Herbion” korxonasining ishlab chiqarish maydonlariga tashrif buyurdi.

 

Tashrif davomida Markaz mutaxassislari kompaniyaning Islomobod va Lahor shaharlaridagi ishlab chiqarish maydonlarida bo‘lishdi. Uchrashuv davomida delegatsiyaga kompaniya farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari taqdimot qilindi, delegatsiya aʼzolari va kompaniya mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashildi, shuningdek, laboratoriya tadqiqotlari sohasidagi faoliyat bilan tanishtirildi.